15:30 / 31.05.2021
1 815

AQSH hukumati noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha qonun qabul qilmoqchi


AQSH prezidenti Jo Bayden hukumat siyosatiga chegarani noqonuniy kesib o‘tgan oilalarni tezda deportatsiya qilishga imkon beradigan immigratsiya siyosatini qaytarishi mumkin. Bu haqda Axios sayti ishonchli manbalariga asoslanib xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, ushbu hafta AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi muhojirlarni tezkor deportatsiya qilish masalasini o‘rganishi kerak. Oq uyning ba’zi maslahatchilari ushbu chorani potensial noqonuniy chegaralarni buzuvchilarni to‘xtatish usuli sifatida tavsiya qilishmoqda.

AQSH ma’muriyati vakili hozircha yakuniy qarorlar qabul qilinmaganini, har doim adolatli va tartibli immigratsiya tizimini yaratishning turli xil variantlari ko‘rib chiqilayotgani haqida aytgan.

1996 yilda yaratilgan tezkor ravishda chiqarib tashlash tizimi ba’zi muhojirlarni to‘liq va uzoq sud jarayonisiz deportatsiya qilishni osonlashtirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH hukumati noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha qonun qabul qilmoqchi