11:55 / 02.06.2021
17 154

Kaliforniyalik ayol devor oshib uyiga kirishga uringan ayiqni itarib yubordi (video)


31 may kuni TikTok’dagi Bakedlikepie akkauntida bir ayolning o‘z hududidagi itlarni himoya qilish maqsadida hovli devori ustidagi ayiqni itarayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Esquire.

«Xeyli ismli amakivachcham bugun devor oshib tushmoqchi bo‘lgan ayiqni itarib yuborib, itlarini qutqarib qoldi. Xotira kuningiz qanday o‘tdi?! (Bu nima dahshat?!)», — deyiladi video ostidagi izohda.

Rolik kuzatuv kamerasi tomonidan olingan. Biroq videodan ko‘rish mumkinki, katta ayiq hamda uning ikki bolasi xususiy uylar o‘rtasidagi devorga chiqib olgan. Ayiqchalar tezda qochib ketgan, katta ayiq esa panjalari bilan itlarni tutishga uringan. Bir necha soniyadan so‘ng, Xeyli yugurib kelgan va ayiqni panjaradan itarib yuborib, itlarini uyiga olib kirib ketgan.

Scopes nashrining yozishicha, uy hayvonlari ayiqqa duch kelgan paytda Xeyli bog‘dorchilik ishlari bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan. «Xeyli va itlarning ahvoli yaxshi. Yo‘q, u bu kabi ishni muntazam qilmaydi», — deydi ayolning amakivachchasi Brenda. Ta’kidlanishicha, oila endilikda panjarani balandroq qilib ko‘tarishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaliforniyalik ayol devor oshib uyiga kirishga uringan ayiqni itarib yubordi (video)