15:00 / 02.06.2021
2 672

Everest cho‘qqisidagi O‘zbekiston bayrog‘i va Shavkat Mirziyoyev surati


Foto: Telegram / Mysterious Uzbekistan
O‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 1 iyun kuni Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi. U cho‘qqida O‘zbekiston bayrog‘i va Prezident Shavkat Mirziyoyev suratini ko‘tardi.

Telegram’dagi Mysterious Uzbekistan kanalining ma’lum qilishicha, alpinist bayroq va Prezident suratini Nepal vaqti bilan 17:30 (Toshkent vaqti bilan 16:45)da 8848 metr balandlikka yetganda ko‘targan.

Qayd etilishicha, bu Nepal tomonidan o‘zbekistonlik alpinistning birinchi marta Everest cho‘qqisiga chiqishi.
Everestga ko‘tarilishning ushbu mavsumi anomal va nobarqaror ob-havo sharoitiga to‘g‘ri kelgan. Ekspeditsiya taxminan 2 oy davom etgan. Cho‘qqiga chiqish O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan.

Foto: Telegram / Mysterious Uzbekistan
Ma’lumot uchun, Everest balandligi birinchi marta 1847 yilda Endryu Vo boshchiligidagi hindistonlik ekspeditsiya tomonidan o‘lchanib, 8 840 metrga baholangan. 1954 yilda esa Hindiston Geologik xizmati tomonidan qayta o‘lchanib, 8848 metrni tashkil etishi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Everest cho‘qqisidagi O‘zbekiston bayrog‘i va Shavkat Mirziyoyev surati