08:30 / 03.06.2021
1 351

Xitoyning iPhone ishlab chiqaruvchi zavodi kuchli alanga ichida qoldi (video)

Xitoyning iPhone ishlab chiqaruvchi zavodi kuchli alanga ichida qoldi (video)

Foto: skrinshot video
Shenchjenda joylashgan Apple kompaniyasi smartfonlari ishlab chiqariladigan Foxconn kompaniyasi zavodida katta yong‘in kelib chiqdi. Guvohlar nafaqat yong‘in, balki portlashlar haqida ham xabar berishmoqda, deb yozadi NewTimes.kz axborot agentligi.

Tech.24tv.ua ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in juda kattalashib ketgan. Ko‘plab o‘t o‘chirish mashinalari binoning yonida paydo bo‘lgan.
Shunga qaramay, Foxconn kompaniyasi tomdagi yong‘in bartaraf etilgani, sabablari esa o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, na odamlar, na ishlab chiqarish zarar ko‘rgan. Hozir uning sababi tekshirilmoqda.

Shenzhen Guanlan Foxconn butun dunyo bo‘ylab Apple iPhone ishlab chiqarishda muhim baza hisoblanadi. iPhone birinchi modelidan tortib yangi iPhone 12 ga qadar hammasi shu zavodda ishlab chiqarilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning iPhone ishlab chiqaruvchi zavodi kuchli alanga ichida qoldi (video)