12:50 / 03.06.2021
18 586

Lamborghini’da go‘sht pishirmoqchi bo‘lgan erkakning omadsiz urinishi


Kadr: Telegram
Xitoyda Lamborghini Aventador egasi shashlik pishirishning original usulini sinab ko‘rishga qaror qildi. An’anaviy mangal bilan tabiat qo‘yniga chiqish o‘rniga u superkarining gaz chiqarish trubasi yordamida avtoturargohning o‘zida go‘sht pishirishga kirishgan. Biroq barchasi kutilganidek bo‘lmagan: avtomobil quyuq tutun chiqara boshlagan, «oshpaz» esa o‘z g‘oyasi omadsiz ekanini tan olishga majbur bo‘lgan. Vahima qilayotgan Aventador egasining videosi Xitoy OAVlari tomonidan e’lon qilindi, deb xabar beradi Motor.

Mazkur hodisa Xunan provinsiyasidagi Chansha shahrida sodir bo‘lgan. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, Lamborghini Aventador Ferrari va boshqa superkarlar bilan birga bitta avtoturargohda bo‘lgan. Erkak gaz chiqarish trubasi oldiga o‘tirgan va do‘stidan gaz tepkisini bosishni so‘ragan — natijada V12 Aventador baland ovozda olov «purkay» boshlagan.

Avvaliga barchasi yaxshi ketgan, biroq qanchadir vaqt o‘tgach, superkarning motor bo‘lmasidan quyuq tutun chiqa boshlagan. Video davomida shashlikchi qizib ketgan superkarning tomini ochib, undan nari ketgan. Ma’lum qilinishicha, tutunning yuzaga kelishiga sovituvchi suyuqlikning oqib ketgani sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lamborghini’da go‘sht pishirmoqchi bo‘lgan erkakning omadsiz urinishi