08:30 / 06.06.2021
2 346

Vitaliy Klichko — lavozimidan olib tashlash borasidagi tahdidlar va korrupsiya haqida


Foto: «Korrespondent»
Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, unga lavozimidan olib tashlash borasida tahdidlar ko‘paygan, Prezident ofisida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng huquq-tartibot organlari kommunal tashkilotlarga serqadam bo‘lib qolgan.

«Menga tinmay tahdid qilishadi, hatto rasmiy amaldorlar buni aytyapti. Nazarimda, prezident Konstitutsiya kafolati sifatida o‘zini tutib turishi, qonunlarga amal qilinayotganini shaxsiy namunasida ko‘rsatishi shart», — dedi Klichko.

Ringdagi kurashni siyosatda davom ettirayotgan Klichkoning aytishicha, «Kiyev katta, biroq odamlar bir-birlarini bilishadi».
«Huquq-tartibot idoralari nima deyapti: majlis Prezident ofisida bo‘lgan, u yerda ... masalasi qo‘yilgan, mehmonlarni kutinglar. Yaxshi. Kutamiz», — dedi mer.

Klichkoning aytishicha, korrupsiya yo‘q emas — bor, Kiyev hokimiyati u bilan kurashmoqda. Javobgarlikka esa faqat korrupsiyaga daxldor odamlar tortilishi kerak.

Ta’kidlashicha, uning eng bebaho boyligi bu — obro‘si. Shuning uchun ham bu masalada doim hushyor. Merning fikricha, kimdir «Klichko — korrupsioner» degan umumiy manzarani keltirib chiqarish niyatida.
Vitaliy Klichkoning iqror bo‘lishicha, Ukraina prezidenti bilan so‘nggi marotaba yarim yil avval muloqot qilgan ekan.

Ma’lumot uchun: Vitaliy Klichko Kiyev kengashi rahbarligi va Kiyev shahar davlat ma’muriyati rahbarligini birga olib boradi. O‘tgan kuzda u Kiyev shahri merligiga qayta saylangandi.

Biroq 2021 yil bahoriga kelib u va Prezident ofisi o‘rtasida ilgaritdan iliq bo‘lmagan munosabatlar yanada sovidi. Vladimir Zelenskiy jamoasi 2019 yildan beri Klichkoni poytaxt meri lavozimidan ketkazishga urinib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vitaliy Klichko — lavozimidan olib tashlash borasidagi tahdidlar va korrupsiya haqida