13:28 / 06.06.2021
2 130

Megan Markl va shahzoda Garri qirollik oilasini tark etganidan keyin ularning o‘g‘li — Archining hayoti qanchalik o‘zgardi?


Foto: «Domashniy ochag»
Britaniyani tark etganidan keyin Kanadada yashay boshlagan shahzoda Garri, Megan Markl va ularning o‘g‘li Archi koronavirus epidemiyasi boshlanganidan keyin AQSHga ko‘chib o‘tgan hamda 15 million dollarga Kaliforniyadan turar joy sotib olgan. Netflix va Spotify bilan shartnoma imzolagani esa moliyaviy mustaqillikka erishishiga hissa qo‘shgan.

Maqomdan voz kechish
Garri va Megan Archi dunyoga kelishidan avvalroq o‘g‘lini oddiy boladek katta qilishni istashini bildirgan va aynan shu sabab ham bolaga tug‘ilganidan keyin berilishi kerak bo‘lgan graflik maqomidan bosh tortgan. Nima uchundir Archiga qarashga yollangan enagalarning hech biri uzoq ishlamagan. Birinchisi ikkinchi kechaning o‘zidayoq haydalgan. Bunga enaga o‘z vazifasining uddasidan chiqmagani, bolaning yig‘isiga e’tibor qilmagani sabab bo‘lgan deb taxmin qilinadi.

Birinchisidan uzoqroq ishlashga muvaffaq bo‘lgan enaga ham Megan va Garrining noroziligiga sabab bo‘ladigan ishlar qilgan. Uchinchi va bir nechta manbalar tomonidan qora tanli ekani tasdiqlangan uchinchi enaga bilan esa juftlik yaxshi chiqishgan va ishlaridan qoniqqan. Ammo Kaliforniyaga ko‘chib o‘tishga to‘g‘ri kelganidan keyin Archi yana enagasiz qolgan. Bunga yordamchi ayolning boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishni istamasligi sabab bo‘lgan.

Foto: «Domashniy ochag»
Ota va ona bilan birinchi qadam
Juftlik farzandi hayotidagi eng muhim voqealardan birini o‘tkazib yubormagan. Megan bu haqda gap ketganda: «Juda ham omadlimiz, chunki endi bolamiz qanday katta bo‘layotganini kuzatishimiz mumkin», — degan. So‘nggi yillarni Kaliforniyada o‘tkazgan oila farzandiga, omma e’tiboridan holi, oddiy bola sifatida tarbiya berishda davom etmoqda.

Foto: «Domashniy ochag»
Zoom orqali suhbatlashadigan qarindoshlar
Garri intervyularidan birida qirollik oilasi bilan muloqot qilishda davom etishini ta’kidlagan. Ular bugungi kunda Zoom orqali gaplashib turadi. Archi esa hamisha ushbu seanslarda ishtirok etadi va yaqinlarining ovozini eshitishi bilan boshqa xonadan yugurib chiqadi.

Foto: «Domashniy ochag»
Amerikacha aksent
Muxlislar esa Archining ovozini ilk bor 2021 yil arafasida Spotify musiqiy platformasidagi podkastda eshitgan. Juftlik shouning yangi sonida bolasining tabrigi bilan bo‘lishgan. Archi ota-onasining ketidan: «Yangi yil bilan», — degan. Ortidan esa otasi Garri: «Sevgi hamisha g‘alaba qozonadi», — deb qo‘shimcha qilgan. Bunga muxlislar salbiy reaksiya bildirgan, kimlardir bolasini yashirib yurgan juftlikning birdaniga ommaga ko‘z-ko‘z qilganiga e’tiroz bildirgan.

Qirollik biografi Penni Junor esa Archi saroyda katta bo‘layotgan amakivachchalaridan yaqqol farq qilishini bildirgan. «Archi tamoman boshqacha bola bo‘ladi. Amerikacha aksent bilan gapiradigan, mashhur odamning farzandiga o‘xshab katta bo‘ladi. Uning qo‘riqchilari juda ham ko‘p bo‘ladi. Fikrimcha, bu qirollik oilasini qattiq xafa qiladi», — degan u.

Foto: «Domashniy ochag»
Bola tarbiyasi
Qirollik oilasi Montessori tizimidagi o‘rgatadigan o‘yinlarni juda ham hurmat qiladi. Bir vaqtlar Uilyam va Garrining o‘zi ham shu tizimda ta’lim olgan, endilikda Garri va Megan ham o‘g‘liga ushbu pedagogik usulni qo‘llamoqda. Bu usul ijodiy fikrlashni rivojlantirishiga ishoniladi.

Megan va vafli
Megan to‘satdan qaror qabul qilish, kinoda suratga tushishdan tashqari vafli pishirishni ham yaxshi biladi. Bu haqda Garridan xabar topgan Yelizaveta II Rojdestvoga sovg‘a sifatida Archiga vafli pishiradigan qurilma yuborgan. Shundan keyin Megan nonushtaga tez-tez vafli tayyorlaydigan bo‘lgan.

Foto: «Domashniy ochag»
Ota va velosiped
Juftlikning Opra Uinfriga bergan intervyusida Garri o‘g‘lini qirollik saroyidan uzoqda katta qilish unga yoqayotganini ta’kidlagan. Ular birgalikda velosipedda sayr qilishni juda ham yaxshi ko‘radi. «Men Archini velosipedning orqa qismidagi kichkina o‘rindiqqa o‘tqazaman va biz sayr qilgani otlanamiz. Bolaligimda buning iloji bo‘lmagan. Uni o‘tqazganimda qo‘llarini ochib, atrofga ‘u-u-u’, deb baqiradi. Keyin esa juda ham ko‘p narsalar haqida gapirishni boshlaydi», — degan u.

Katta tanaffus
Nafaqat Megan va Garri qirollik oilasidan uzoqqa ketib o‘g‘lining hayoti o‘zgarishiga sabab bo‘lgan, balki Archi ham ota-onasining dunyoqarashi o‘zgarishiga hissa qo‘shgan. Megan onalik uni yangi ro‘yoblarga ilhomlantirganini ta’kidlagan: «Menimcha, bu kuch bag‘ishlaydi, bizga bolalarimizdan meros bo‘lib qoladigan dunyo haqida tashvishlantirishga undaydi. Siz ayrim narsalarga dosh berishga tayyor bo‘lasiz, ammo gap farzandlaringiz haqida ketganda, ularni qaltis vaziyatda qoldirishni istamaysiz. Shuning uchun men har kuni o‘zimga: dunyo Archiga yaxshi bo‘lishi uchun nima qilishim kerak, degan savol bera boshladim. Bu savol turmush o‘rtog‘im va men uchun eng muhim masalaga aylandi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Megan Markl va shahzoda Garri qirollik oilasini tark etganidan keyin ularning o‘g‘li — Archining hayoti qanchalik o‘zgardi?