17:37 / 06.06.2021
2 192

Zelenskiy Ukrainada oligarxlar ro‘yxatini tuzishni taklif qildi. Unga sobiq prezident Poroshenko kiritilishi kutilmoqda


Foto: Getty Images
Tegishli qonun qabul qilinganidan keyin Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko zudlik bilan oligarxlar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Denis Malyuska «So‘z erkinligi» ko‘rsatuvida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Oligarxlar ro‘yxatini tuzish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan 2 iyun kuni parlamentga kiritilgan edi. U yerga siyosat bilan shug‘ullanadigan va OAVga ta’siri bo‘lgan yirik mol-mulk sohiblari (yashash uchun zarur bo‘lgan minimum mablag‘ning million barobaridan ortiq — hozirda bu summa 2,27 milliard grivna yoki 83 million dollarga teng) kiritiladi.

Malyuskaning aytishicha, Poroshenko «Yevropa birdamligi» partiyasi raisi va Rada deputati bo‘lgani uchun «avtomatik tarzda ro‘yxatga tushadi». Shuningdek, adliya vaziri biznesmen Igor Kolomoyskiy ham «ro‘yxatga aniq kiritilishi»ni ma’lum qildi.

Zelenskiyning qonun loyihasi oligarxlarga siyosiy partiyalarni moliyalashtirish va ularning yirik davlat mulkini xususiylashtirishda qatnashishini taqiqlashni, mansabdorlarga esa ular bilan muloqotlari haqida hisobot berish majburiyatini yuklashni ko‘zda tutadi.

Zelenskiy oligarxlar haqidagi qonun loyihasining kiritilishini mamlakatdagi «oligarxlik tizimini yo‘q qilish» zaruriyati bilan izohladi. Hujjat vaqtinchalik bo‘lishi, uning amal qilishi o‘n yil bilan cheklanishi taxmin qilinmoqda. Keyinchalik uning asosida trastlarga qarshi me’yorlar, lobbizm haqidagi qonun va yirik biznesni tartibga soluvchi boshqa huquqiy aktlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukrainada oligarxlar ro‘yxatini tuzishni taklif qildi. Unga sobiq prezident Poroshenko kiritilishi kutilmoqda