11:55 / 07.06.2021
1 958

Pokistonda ikki poyezd to‘qnashuvida 36 kishi halok bo‘ldi


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa tezyurar poyezdlardan birining relsdan chiqib ketishi oqibatida ikkinchi poyezdga urilib tushishi natijasida sodir bo‘lgan. Bu haqda qutqaruvchilar bergan ma’lumotlarga asoslanib Samaa TV telekanali xabar qildi.

Avvalroq Sind viloyatida ikkita poyezdning to‘qnashuvi natijasida qurbonlar soni kamida 30 kishi halok bo‘lganligi, 50 dan ortiq odam jarohat olgani aytilgan.

Pokiston temir yo‘llari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, halokat natijasida to‘rtta vagon relsdan chiqib ketgan. Voqea sodir bo‘lgan Gotka viloyati komissari o‘rinbosari Usmon Abdullaning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida 14 ga yaqin vagon ag‘darilgan. Sakkizga yaqin vagonga o‘ta jiddiy zarar yetgan.

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv paytida poyezd yo‘lovchilarining aksariyati uxlab yotgan bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda ikki poyezd to‘qnashuvida 36 kishi halok bo‘ldi