19:13 / 09.06.2021
2 537

Ming yillik tovuq tuxumi topildi


Foto: «Ria.ru»
Isroil qadimiy yodgorliklar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Isroilning Tel-Aviv janubidagi Yavne shahrida olib borilgan qazish ishlari paytida taxminan 1000 yillik butun bir tovuq tuxumi topildi.

«Tuxum qobig‘i bo‘laklari avval ham Dovud, Kesariya va Apolloniyada topilgan, ammo tuxum qobig‘i mo‘rtligi tufayli deyarli biron bir tovuq tuxumi saqlanib qolmagan. Bu hatto dunyo bo‘yicha favqulodda noyob topilma», — dedi doktor Li Perri-Gal.

Arxeolog Alla Nagorskayaning so‘zlariga ko‘ra, tuxum axlatli chuqurlikda bo‘lgani uchun yaxshi saqlangan.
Isroil qadimiy yodgorliklar boshqarmasi tuxumning quduqqa qanday tushib qolganini aniqlashning iloji yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.

Shu bilan birga, quduqdan Islom davriga oid suyakdan yasalgan uchta qo‘g‘irchoq ham topilgan bo‘lib, ular taxminan 1000 yil oldin o‘yinchoq sifatida ishlatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ming yillik tovuq tuxumi topildi