10:36 / 10.06.2021
828

Boliviya parlamenti deputatlari o‘rtasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

Boliviya parlamenti deputatlari o‘rtasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

Foto: Skrinshot
Boliviya parlamentida Ichki ishlar vazirligi rahbari Eduardo Del Kastiloning 2019 yildagi davlat to‘ntarishi bo‘yicha qilgan hisoboti vaqtida deputatlarning ommaviy mushtlashuvi yuz berdi, deb yozmoqda Tengrinews.

Vazirning so‘zlari va videoyozuvlar muxolifat deputatlarning noroziligiga sabab bo‘ldi, ular amaldorlardan norozi ekanini ifodalab shovqin ko‘tara boshladi. Hukumat qoshidagi «Sotsializm sari» (MAS) harakati vazirni qo‘llab-quvvatladi.

Tartibsizliklar Creemos («Biz ishonamiz») alyansi senatori Enri Montero va MAS deputati Antonio Kolkening janjaliga aylanib ketdi. Videoyozuvda parlamentchilarning qanday qilib mushtlashganini va janjal ishtirokchilarining yerga yiqilganini ko‘rish mumkin.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta odam ularni ajratishga harakat qilgan. Lekin ajratishga uringanlar orasida ham nizo kelib chiqdi: ayol deputatlar Tatyana Anes va Mariya Alanoka bir-birlarining sochlaridan changallab, janjal boshladi.

Parlament sessiyasi to‘xtatildi. Montero va Kolke keyinroq jurnalistlardan uzr so‘radi. Ichki ishlar vaziri esa qisqa tanaffusdan so‘ng o‘z hisobotini yakunladi.
Boliviyada 2019 yilning 20 oktabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan. Oliy saylov sudining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha paytda amaldagi davlat rahbari Morales ko‘pchilik ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. Uning asosiy raqibi Karlos Mesa birinchi davrada raqibining g‘alabasini tan olmasligini ta’kidlagan.

Uch hafta davom etgan norozilik namoyishlaridan so‘ng Boliviya Qurolli Kuchlari rasmiylari Moralesdan iste’foga chiqishini so‘radi va u vaziyatni davlat to‘ntarishi deb baholagan holda lavozimini tark etdi va mamlakatdan chiqib ketdi.

Ma’lumot uchun, Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni rasmiy ravishda terrorizmda ayblagan edi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident 2019 yil noyabr oyidagi norozilik namoyishlari paytida oziq-ovqat blokadasi va shaharlarni qamal qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Boliviya parlamenti deputatlari o‘rtasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)