11:14 / 10.06.2021
2 382

Yashash uchun dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi


Foto: Elements.envato
Yangi Zelandiyada joylashgan Oklend shahri 2021 yilning yashash uchun eng qulay shahri deb topildi. Bu haqda The Economist’ning yillik hisobotiga tayanib Deutsche Welle xabar berdi.

Ta’kidlash joizki, reytingning birinchi o‘ntaligidan Osiyo-Tinch okeani mintaqasining sakkizta shahri joy olgan.
Reyting tuzuvchilar dunyoning 140 shahrini beshta asosiy mezon bo‘yicha baholaydi: barqarorlik, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va ta’lim.

Global Liveability Index 2021 hisoboti natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng qulay megapolislar reytingida birinchi o‘rindan Oklend, undan keyin esa Osaka (Yaponiya) joy oldi. Uchinchi o‘rinni Adelaida (Avstraliya), to‘rtinchini Tokio (Yaponiya), beshinchini Vellington (Yangi Zelandiya) egalladi. Shuningdek, kuchli 10 talikka Pert, Melburn, Brisben, Syurix va Jeneva kiritildi.

«Yangi Zelandiyaning qat’iy izolyatsiyaga olinishi undagi jamiyatning qayta ochilishiga sharoit yaratdi hamda Oklend va Vellington singari shaharlar fuqarolarini pandemiyadan avvalgi turmush tarziga o‘tkazish imkonini berdi», — deyiladi hisobotda.

Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan buyon Yangi Zelandiya pandemiya sharoitida ham yashash yaxshiroq bo‘lgan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Reyting tuzuvchilar Suriyaning Damashq, Lagos (Nigeriya), Port-Moresbi (Papua-Yangi Gvineya) va Dakka (Bangladesh) shaharlarini yashash uchun eng noqulay deb topdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yashash uchun dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi