23:55 / 11.06.2021
2 466

Rossiya Eronga zamonaviy josus sun’iy yo‘ldosh sotmoqchi


The Washington Post nashrining xabar berishicha, Rossiya Eronga zamonaviy Kanopus-V josus sun’iy yo‘ldoshini sotishga hozirlik ko‘rmoqda.

Ushbu sun’iy yo‘ldosh kuchli kamera bilan jihozlangan bo‘lib, Eron qurolli kuchlari salohiyatini sezilarli darajada oshirishi kutilyapti. U tez orada Rossiya hududidan fazoga uchirilishi mumkin. Kanopus-V rasman noharbiy sun’iy yo‘ldosh hisoblanadi, biroq uni xarid qilish bo‘yicha Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Eron armiyasi va Islom inqilobi muhofizlari korpusining yuqori martabali vakillari qatnashgan.

Mazkur sun’iy yo‘ldosh yordamida fazodan turib Isroildagi ob’ektlarni yoki Iroq va Fors ko‘rfazidagi Amerika qo‘shinlari harakatini rasmga olish mumkin. Rossiya hukumati The Washington Post nashrida chiqqan xabarga hozircha izoh bergani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Eronga zamonaviy josus sun’iy yo‘ldosh sotmoqchi