00:20 / 12.06.2021
2 362

AQSH tarixida birinchi musulmon sudya


AQSH tarixida birinchi marta musulmon sudya Senat tomonidan federal sudya sifatida tasdiqlandi. Zohid Qurayshiy Nyu-Jersi mintaqasida o‘z vazifasini boshlaydi.

U AQSHning qariyb 250 yillik tarixidagi birinchi musulmon federal sudyasi bo‘ldi. Asli pokistonlik Zohid, Prezident Bayden tomonidan Nyu-Jersi okrugining sudyasi lavozimiga tavsiya etdi va senat uning nomzodini tasdiqladi. Milliy xavfsizlik vazirligining maslahatchisi, 46 yoshli Qurayshiy 2004 yildan 2006 yilgacha harbiy prokuror bo‘lib ishlagan.

Undan so‘ng 2008 yildan 2013 yilgacha Nyu-Jersi shtati Bosh prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Shu tariqa AQSH prezidenti Baydenning uchinchi federal sudyasi tasdiqlandi. Hozirda mamlakatda 900 ta federal sudya mavjud. Federal sudyalar, ham xuddi Oliy  sudyalar singari, umr bo‘yi ushbu lavozimda qoladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH tarixida birinchi musulmon sudya