22:55 / 13.06.2021
2 087

Jeff Bezos bilan birga koinotga parvoz qilish uchun chipta 28 mln dollarga sotildi


Foto: AP Photo
Amazon asoschisi Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kosmik kompaniyasi Bezos va uning ukasi Markni koinotga olib chiqadigan New Shepard kosmik kemasidagi o‘rinlardan birini kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda kompaniyaning Twitter’iga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, kema chiptasi 28 million dollarga sotib olingan, g‘olibning ismi yaqin haftalarda e’lon qilinadi. Shuningdek, Blue Origin ekipajning to‘rtinchi, ya’ni so‘nggi a’zosi kim bo‘lishini tez orada ma’lum bo‘ladi.
Blue Origin ma’lumotlariga ko‘ra, New Shepard bortidagi o‘rin uchun kimoshdi savdosi may oyida boshlangan va unda 159 mamlakatdan, taxminan, 7,6 ming kishi qatnashgan.

Koinotga parvoz 20 iyul kuni New Shepard kosmik kemasida amalga oshiriladi. Bezos ukasi bilan birga kosmosga chiqish qarorini e’lon qilar ekan, bo‘lg‘usi sayohatni «eng yaqin do‘sti bilan amalga oshiriladigan eng katta sarguzasht» deb atab, buni butun umr orzu qilganini qo‘shimcha qilgan edi.

Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasi 2018 yilda kosmik sayyohlar uchun yo‘lovchi kapsulasining ichki qismi prototipini namoyish qilgan. Kabina olti kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘rindiqlar parvoz parametrlarini kuzatish uchun monitor va to‘rtta illyuminator bilan jihozlangan.

May oyi boshida Jeff Bezos kosmik kema uchun chiptalar sotuvi boshlanganini e’lon qilgandi. Blue Origin kompaniyasi 20 iyun kuni amalga oshiriladigan parvoz uchun bitta chiptani onlayn auksionga qo‘yishini ma’lum qildi. Parvoz vaqtida auksion g‘olibi va boshqa kosmik sayyohlar New Shepard kemasida Yerdan 100 kilometr balandlikka ko‘tariladi. Reuters’ning yozishicha, parvoz ishtirokchilari bir necha daqiqa davomida vaznsizlik holatini his qiladi va sayyoramizning egriligini tomosha qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jeff Bezos bilan birga koinotga parvoz qilish uchun chipta 28 mln dollarga sotildi