AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati AQSH va Meksika o‘rtasidagi chegarada qurilishi rejalashtirilgan "Tramp devori" uchun ajratilgan 2,2 milliard dollar mablag‘ni mamlakat harbiy budjetiga qaytarib beradi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.
AQSH senati ma’lumotlariga ko‘ra, devor qurilishi uchun jami 16,45 milliard dollar ajratilgan bo‘lib, undan 5,8 milliard dollarni kongress ajratgan, qolgan qismi mudofaa budjeti va moliya vazirligidan olingan.
2019 yil iyulda oliy sud devor qurilishi uchun Pentagon mablag‘laridan 2,5 milliard dollar sarflanishiga ruxsat bergandi.
2021 yil yanvargacha devor qurilishi uchun 6,1 milliard dollar sarflangan.
Bayden ma’muriyati "Tramp devori" uchun ajratilgan 2,2 milliard dollarni Pentagonga qaytarishini ma’lum qildi. Ushbu mablag‘ 11ta shtat, uch hudud va 16 mamlakatdagi 66ta harbiy ob’ektga sarflanishi rejalashtirilmoqda.
Hukumatning bildirishicha, Tramp prezidentligi davrida devorning 84 kilometr qismi qurib bitkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi