13:50 / 15.06.2021
2 349

Yaman qirg‘oqlari yaqinida 250 dan ortiq muhojir cho‘kib ketdi


Foto: IQNA
Yaman qirg‘oqlari yaqinida ichida muhojirlar bo‘lgan qayiq ag‘darilib, 250 dan ortiq odam cho‘kib ketdi. Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, qayiqda jami 300 qochqin bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan 20 nafarigina omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, qayiq bir necha kun oldin Sharqiy Afrikaning Jibuti davlatidan Yaman tomon yo‘l olgan. Yaman qirg‘oqlariga yaqinlashib qolgan qayiq baliqchi kema bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgan. Telekanal manbalari xabar berishicha, qayiqni to‘rt nafar yamanlik boshqargan. Ular halokatdan qochib qutulganmi yoki yo‘qmi, noma’lum.

The Guardian xabariga ko‘ra, voqea ikki kun oldin sodir bo‘lgan. Guvohlardan birining aytishicha, u qirg‘oqdan 10 milya (taxminan 16 km) uzoqlikda suvda qalqib yurgan qurbonlarning jasadlarini ko‘rib qolgan.
Avvalroq Bangladeshdagi Padma daryosida tezyurar qayiq qum ortilgan yuk kemasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan edi.

O‘rta Yer dengizining Tunis qirg‘oqlari yaqinida esa ichida noqonuniy ko‘chayotgan muhojirlar bo‘lgan ikkita qayiq ag‘darilib, cho‘kib ketgan. Halokat oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Shuningdek, Rossiya bayrog‘i ostidagi «Arvin» quruq yuk tashuvchi kemasi Qora dengizda, Turkiyaning Bartin viloyati sohillari yaqinida cho‘kib ketgani haqida ma’lumot berilgan edi. Bortda jami 13 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani, ularning barchasi rossiyalik ekani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaman qirg‘oqlari yaqinida 250 dan ortiq muhojir cho‘kib ketdi