19:20 / 15.06.2021
3 185

Hindistonda 38 xotini va 89 farzandi bo‘lgan erkak vafot etdi


Hindistonning Mizoram shtatida yashovchi dunyodagi eng katta oilalardan birining boshlig‘i Ziona Chana 76 yoshida vafot etdi, deb yozadi BBC.

BBC xabariga ko‘ra, Ziona Chana ko‘pxotinlilik amaliyotini qo‘llagan diniy mazhab yetakchisi bo‘lgan. Erkakning 38 rafiqasi, 89 farzandi va 36 nabirasi bor. U diabet va yuqori qon bosimidan aziyat chekardi.

Uning oilasi Chana Pol nasroniylik mazhabiga mansub bo‘lib, mazhabga qariyb 2 ming kishi ergashadi. Ularning barchasi Chanaga qo‘shni bo‘lib yashaydi. Chananing uyi esa Hindiston shimoli-sharqidagi Mizoram shtati poytaxti Aijal shahridan 55 km uzoqlikdagi Baktavng Tlangnuam qishlog‘ida joylashgan. Mazhabga 1942 yilda Ziona Chananing bobosi asos solgan.

BBC ta’kidlashicha, Chananing oilasi hajmini aniq taxmin qilish qiyin: ba’zi xabarlarga ko‘ra, aslida uning 39 rafiqasi, 94 farzandi va 33 nabirasi bo‘lib, oila jami 181 kishini tashkil qiladi. Chana katta rafiqasi bilan 17 yoshida tanishgan. O‘shanda rafiqasi 20 yoshda bo‘lgan.

Oila to‘rt qavatli, 100 xonali uyda yashaydi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, xotinlar bitta yotoqxonada yashaydi, Chananing o‘zi alohida xonada yashagan. Xonadon ushbu g‘ayrioddiy oilaning turmush tarzini ko‘rishga keladigan sayyohlar orasida juda mashhur.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, birgina kechki ovqat uchun oila deyarli 100 kilogramm guruch, 60 kilogrammga yaqin kartoshka va 30 ga yaqin tovuq iste’mol qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 38 xotini va 89 farzandi bo‘lgan erkak vafot etdi