11:34 / 16.06.2021
2 137

Istanbulning qadimiy qismidan yerosti yo‘llari tarmog‘i topildi (foto)


Foto: DHA
Turkiyalik tadqiqotchilar Istanbuldagi mashhur binolar — Ayo Sofiya masjidi, Topkapi saroyi va Ayo Irena cherkovi ostidagi keng aloqa tizimini kashf etdi. Bu haqda DHA axborot agentligiga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Tarixchi Arza Ulash uch yil davomida Istanbulning qadimiy qismidagi yerosti yo‘llarini o‘rganib chiqqan. U Usmoniylarga tegishli 285 ta yerosti inshooti haqida arxivlar va kutubxonalarda saqlanib qolgan dalillarni topgan, inshootlarning 59 tasiga hozircha kirish imkoni yo‘q.

Ulashning so‘zlariga ko‘ra, asrlar davomida shaharni suv bilan ta’minlash uchun foydalanib kelingan noyob yerosti sardobalari, quduqlar, suv yo‘llari va suv omborlari endilikda yaroqsiz holga kelgan.

Olim, shuningdek, izlanishlari davomida Ayo Sofiyaga olib boradigan tunnellar tarmog‘i haqidagi afsona o‘z tasdig‘ini topmaganini ta’kidladi.

Foto: DHA

Foto: DHA

Foto: DHA

Foto: DHA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulning qadimiy qismidan yerosti yo‘llari tarmog‘i topildi (foto)