AQSH prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jenevada uchrashdi. Bu haqda «Reuters» xabar qildi.
«Biz ushbu uchrashuvdan katta natijalarga erishishni kutmayapmiz»,— dedi AQSHning yuqori martabali amaldorlari jurnalistlarga.
«Men biron bir kelishuvga erishilishiga amin emasman»,— dedi Putinning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov ham.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda AQSH-Rossiya munosabatlari eng quyi pog‘onaga tushib ketgani aytiladi. 2014 yil Qrimning qo‘shib olinishidan boshlangan sovuq munosabatlar, Navalniyning zaharlanishi, kiberhujumlar fonida yanada yomonlashib bordi.
Har ikki mamlakat o‘z elchilarini chaqirib oldi. Bundan tashqari, Ukraina, Suriya mojarolaridagi turli yondoshuv ham vaziyatni keskinlashtirmoqda.
Shu yilning mart oyida jurnalistning «Putinni qotil deya hisoblaysizmi?» degan savoliga Bayden «ha» deya javob bergan, bu esa Rossiya siyosiy doiralari g‘azabini qo‘zg‘agandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi