Foto: Reuters
Rossiya muxolifatchi Aleksey Navalniyni uning Amerika fuqarosi ekanligi va maxsus xizmatlarga ishlashi aniqlangan taqdirda AQSHga berishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Exo Moskvi» radiosi efirida aytdi.
«Agarda amerikaliklar u Qo‘shma Shtatlar fuqarosi ekanligini va maxsus xizmatlarga ishlashini rasman tasdiqlashsagina. Boshqachasiga hech qachon», — dedi Peskov.
Peskovning qayd etishicha, Navalniy masalasi Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda ko‘tarilgan.
«Mavzu ko‘tarildi, u AQSH prezidenti tomonidan ilgari surildi. Rossiya prezidenti bunga javob qaytardi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv vaqtida Navalniyni AQSHga berish yoki kimgadir almashtirish imkoniyati muhokama qilinmagan.
Rossiya prezidenti sammitdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham jurnalistlarning Navalniy borasida bergan savollariga javob qaytardi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi