23:07 / 18.06.2021
1 601

Guterrish ikkinchi muddatga BMT bosh kotibligiga tayinlandi

Guterrish ikkinchi muddatga BMT bosh kotibligiga tayinlandi

Guterrishni ikkinchi muddatga tayinlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. 

BMT bosh assambleyasi Antoniu Guterrishni ikkinchi muddatga tashkilotning bosh kotibi etib tayinladi. Bu haqda BMT bosh assambleyasi 75-sessiyasi raisi Vulqon Bo‘zqir ma’lum qildi.

"Antoniu Guterrishni 2022 yil 1 yanvardan 2026 yil 31 dekabrgacha ikkinchi muddatga BMT bosh kotibi deb e’lon qilaman", - dedi u.
 
Guterrishni ikkinchi muddatga tayinlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. 
 
Guterrish BMT bosh kotibligiga yagona nomzod bo‘ldi. Avvalroq uni tashkilotning xavfsizlik kengashi qo‘llab-quvvatlagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Guterrish ikkinchi muddatga BMT bosh kotibligiga tayinlandi