21:36 / 19.06.2021
3 709

20 yoshli ayolning o‘limi siri ochildi: qotilni «aqlli» soat va smartfon topib berdi


Kerolayn Krauch Buyuk Britaniyada tug‘ilgan, Gretsiyaning Alonisos orolida voyaga yetgan.
Foto: «Instagram»

Gretsiyada 11 may kuni 20 yoshli Kerolayn Krauch ismli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketilgandi yozmoqda BBC. Mash’um voqeadan so‘ng uning eri 32 yoshli Babis Anagnostopulos politsiyaga ma’lum qilishicha, uyga uch nafar shaxs o‘g‘rilikka tushgan — taxminan 15 ming yevroni o‘g‘irlashgan, uni bog‘lab qo‘yib, xotinini o‘ldirib ketishgan.

Shundan so‘ng politsiya jinoyatchilarni qidirishni boshladi, hatto ko‘mak berganlarga mukofot ham e’lon qilindi. Oxir-oqibat gumon asli gruziyalik odamga borib taqaldi...

Babis Anagnostopulosning kasbi uchuvchilik edi. Foto: «Instagram»
Biroq, tergov davomida marhumaning elektron qurilmalarini «elakdan o‘tkazgan» politsiyachilar er yolg‘on gapirgani va haqiqiy qotil ekanini fosh etishdi. Negaki, er o‘ldi degan vaqtda ayolning «aqlli» soati uning yuragi hali urib turganini qayd etgan.

Haqiqat yuzaga chiqishida qotilning smartfoni ham yordam berdi — «jinoyatchilar tomonidan bog‘lab qo‘yilgan er» bu paytda uy bo‘ylab tinmay uyoqdan buyoqqa harakatlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 20 yoshli ayolning o‘limi siri ochildi: qotilni «aqlli» soat va smartfon topib berdi