19:25 / 21.06.2021
2 262

Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video)


Foto: Facebook / BureauOfCustomsPH
Filippin hukumati 350 nusxada yaratilgan noyob McLaren 620R’ni buldozer bilan yanchib tashladi. Superkar orol-mamlakat hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan — deklaratsiyada avtomobil Porsche Cayman deya ko‘rsatilgan, bu esa mashina egasiga soliq yig‘imlarini tejashga yordam bergan. Biroq firibgarlik fosh etilgan va bojxona boshqarmasi kupeni namoyishkorona yo‘q qilgan, deb xabar beradi Motor.

McLaren 620R — poyga uchun mo‘ljallangan 570S GT4 kupesining oddiy yo‘llarda harakatlanishga qodir maxsus versiyasi. Model 2020 yilning boshidan ishlab chiqarilgan, iyul oyida esa Filippin portida yangi ikki eshikli mashina hibsga olingan.

Buldozer yordamida yo‘q qilingan boshqa avtomobillar qatoridan Bentley Continental Flying Spur, Hyundai Genesis, Lotus Elise, Mercedes-Benz SLK, Porsche 911 va Toyota Camry Solara ham o‘rin olgan. Matbuot jalb etilmagan holda o‘sha kunning o‘zida mamlakat hududida noqonuniy ravishda olib kelingan 14 ta Mitsubishi yo‘ltanlamaslari ham yakson qilingan.

Foto: Facebook / BureauOfCustomsPH
Filippin hukumati kontrabanda avtomobillarini 2017 yildan buyon yo‘q qilib keladi. Bojxona boshqarmasi tez-tez juda noyob va noodatiy modellarni buldozer kovshi ostiga qo‘yadi — hozirga qadar BMW Z1, Ferrari 360 Spider, Lamborghini Ballaro kabi modellar pachaqlangan. Ammo McLaren 620R — to‘rt yil ichida presslangan eng noyob va qimmat mashinalardan biri hisoblanadi.

Foto: Facebook / BureauOfCustomsPH

Foto: Facebook / BureauOfCustomsPH

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video)