12:00 / 24.06.2021
2 142

Putin Ramzan Qodirovga yana Checheniston prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishni taklif etdi


Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga hududda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda yana o‘z nomzodini qo‘yishi kerakligini bildirdi. Bu haqda «Interfaks» xabar qilgan.

Putin mazkur taklifni Qodirov bilan videokonferensaloqa tizimi orqali suhbat vaqtida, Checheniston rahbari «har qanday buyruqni bajarishga» tayyorligi haqida gapirganidan keyin aytib o‘tgan.

Putinning fikricha Qodirovning shaxsan ishtiroki ostida Checheniston Rossiya federatsiyasidagi eng xavfsiz sub’ektlardan biriga aylangan.
«Siz samarali faoliyat olib bormoqdasiz, vaziyatni ichkaridan yaxshi bilasiz, shu sababli menimcha saylovlarda ishtirok etishingiz va ishni o‘zingiz davom ettirishingiz kerak deb o‘ylayman. Sizga bu borada omad tilayman», — degan Putin.

Qodirov Chechenistonni 2007 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 2016 yilda u respublika rahbarligiga qayta saylangan va 94,8 foiz saylovchi ishtirok etgan saylovlarda 97,56 foiz ovoz olib, g‘alaba qozongandi. Chechenistonda saylovlar 2021 yil 19 sentabr kuni o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ramzan Qodirovga yana Checheniston prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishni taklif etdi