Foto: EPA
Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari «Tolibon» jangarilarini mamlakat shimolidagi bir nechta tumanlardan siqib chiqardi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Fevad Omonga tayanib, Reporterly 23 iyun kuni xabar berdi.
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolida «Tolibon»ga qarshi hujumni kuchaytirmoqda. Harbiylar beshta tumanni ozod qilishga va jangarilarning qarshi hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi — bir kunda 200 ga yaqin jangari yo‘q qilindi, yana yuzdan ortig‘i yarador qilindi.
Bundan tashqari, hukumat qo‘shinlarining hujumiga mahalliy aholi ham kelib qo‘shildi. Afg‘oniston viloyatlarida odamlar hukumat jangchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadlarini tuzmoqda.
AQSH Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketmoqda, ayni paytgacha AQSH qo‘shinining yarmi mamlakatni tark etishga ulgurgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan Amerika harbiylarining Afg‘onistondan chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlar faqat foiz ko‘rinishida taqdim etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»