08:33 / 25.06.2021
2 668

AQSHda ichida odamlari bo‘lgan 12 qavatli bino qulab tushdi


Foto: «Evo-rus.com»
Amerikaning Florida shtati Serfsayd shahrida ko‘p qavatli binoning qisman qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Vayronalar ostida odamlar qolib ketdi, deya xabar bermoqda CBS.

«Ayni paytda biz vayronalar ostida qolib ketgan odamlarning aniq sonini bilmaymiz. Manbalarimizga ko‘ra, ulardan biri vafot etgani tasdiqlandi», — deyiladi telekanalda.
Shu paytgacha mutasaddilar tomonidan hech qanday izoh berilmagan.

Gap ichida odamlar bo‘lgan 12 qavatli binoning qulashi haqida ketmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan joyda politsiya xodimlari va favqulodda vaziyatlar xizmati vakillari ishlamoqda.

Hududda transport harakati qisman cheklangan, favqulodda vaziyat sabablari o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ichida odamlari bo‘lgan 12 qavatli bino qulab tushdi