20:56 / 25.06.2021
1 818

Britaniyada rekord miqdordagi bitkoyn musodara qilindi


O‘tgan yil davomida mamlakat hukumati giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq ish doirasida 718 million funt sterlingga teng bitkoynlarni musodara qilgandi.

Skotlend-Yard pul yuvish ishi doirasida umumiy qiymati 114 million funt sterlingga (158 million dollar) teng bitkoynlarni musodara qildi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu Buyuk Britaniya uchun rekord miqdordagi musodara hisoblanadi va yil davomida musodara qilingan barcha kriptovalyutalarning salmoqli ulushini tashkil etadi.
O‘tgan yil davomida mamlakat hukumati giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq ish doirasida 718 million funt sterlingga teng bitkoynlarni musodara qilgandi.
Avvalroq Janubiy Koreyada soliq to‘lashdan qochgan o‘ziga to‘q fuqarolarning kriptovalyuta aktivlarini musodara qilish boshlangani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada rekord miqdordagi bitkoyn musodara qilindi