19:30 / 27.06.2021
2 665

Amerika razvedkasi 17 yil ichida aniqlangan 144 ta noma’lum uchar jism haqida hisobot berdi


Foto: Daily Advant
AQSH Milliy razvedkasi direktori idorasi 2004 yildan 2021 yilgacha qayd etilgan noma’lum uchar jismlar (NUJlar) haqida hisobot e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Unda aytilishicha, 17 yil ichida NUJlar haqida 144 ta xabar kelib tushgan, shularning 80 tasi bir nechta kuzatuv manbalari, xususan, asboblar yordamida kuzatish manbalaridan yuborilgan.

NUJlarning Yerdan tashqarida kelib chiqqani bo‘yicha hech qanday dalillar olinmagan, deyiladi ma’ruzada. Hujjatda aytilishicha, bir nechta ehtimoliy izohlar mavjud. Ba’zi hollarda tabiiy atmosfera hodisalari, boshqalarida esa qushlar, meteozonlar, havo sharlari yoki havaskorlarning dronlari noma’lum uchar jismlar sifatida qabul qilingan bo‘lishi mumkin.

NUJlar Amerika kompaniyalari tomonidan maxfiy dasturlar doirasida olib borilayotgan qandaydir texnika namunalarining sinovlari bilan ham izohlanishi mumkin. Bundan tashqari, shunday ob’ektlar Rossiya, Xitoy yoki boshqa mamlakat, shuningdek, nodavlat tashkilotlari tomonidan yaratilgan texnika bo‘lishi ham mumkin.

NUJlarning kelib chiqishi bo‘yicha yagona izoh, ma’ruzada ta’kidlanishicha, yo‘q. Ammo, deyiladi hujjatda, bunday ob’ektlar havo makonida to‘siqlar yaratish orqali aviaqatnovlarga tahdid solish bilan birga, milliy xavfsizlik uchun ham xatardir, chunki bunda gap boshqa davlatlar tomonidan amerikalik harbiylar ustidan josuslik yoki yangi texnologiyalar namoyishi haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.

Pentagon 2020 yil avgustida NUJlar paydo bo‘lishi holatlarini o‘rganish uchun ishchi guruhi tuzilganini e’lon qilgandi. Shuningdek, avvalroq AQSH mudofaa idorasi NUJlar aks etgan videoni e’lon qilgan, ularning kelib chiqishini aniqlashga muvaffaq bo‘linmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama Pentagonning maxfiy arxivlarida harakatlanish prinsipi tushunarsiz bo‘lgan uchar likopchalarning fotosuratlari saqlanishi haqida gapirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika razvedkasi 17 yil ichida aniqlangan 144 ta noma’lum uchar jism haqida hisobot berdi