08:34 / 28.06.2021
1 962

Putin mehnat muhojirlarini koronavirusga qarshi emlashni tashkillashtirishni buyurdi


Foto: AGN «Moskva»
Rossiya hukumati 30 iyunga qadar chet elliklar uchun koronavirusga qarshi pullik emlanish imkoniyatini taqdim etishi kerak. Tegishli farmon mamlakat prezidenti Vladimir Putin tomonidan berildi, deb yozadi «RBK».

Shuningdek, 15 iyulgacha hukumat mehnat muhojirlarini COVID-19’ga qarshi vaksinatsiya qilishni tashkillashtirishi va «tegishli tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirishi kerak».

Putin hukumatga chet elliklarni, shu jumladan, mehnat muhojirlarini emlash masalasini ko‘rib chiqishni iyun boshida Peterburg iqtisodiy forumidagi chiqishi chog‘ida topshirgan edi.

Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova hukumat birinchi o‘rinda hozirda Rossiyada bo‘lgan mehnat muhojirlarini emlash imkoniyatini muhokama qilishini aytdi. Shuningdek, mamlakatda mehnat muhojirlarini majburiy vaksinatsiya joriy qilingan holda soddalashtirilgan tartibda olib kirish variant ko‘rib chiqilmoqda, dedi bosh vazirning yana bir o‘rinbosari Marat Xusnullin.

Xorijlik ishchilarni «Sputnik Layt» vaksinasi bilan emlash rejalashtirilmoqda. Ushbu vaksina «yaqin kunlarda» ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin, Moskvada muhojirlar uchun pulli vaksinatsiya punktlari ochiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin mehnat muhojirlarini koronavirusga qarshi emlashni tashkillashtirishni buyurdi