21:03 / 29.06.2021
10 433

Sadir Japarov Dushanbeda Imomali Rahmon bilan uchrashdi (foto)


Bugun, 29 iyun kuni Japarov «Qasri millat» qarorgohida tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan uchrashdi. U yerda Japarovni rasman kutib olish marosimi o‘tkazilib, ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Keyin har ikki mamlakat prezidentlari hamkasblariga o‘z delegatsiyasini tanishtirdi.

Japarov tashrifining asosiy qismi tet-a-tet ko‘rinishida o‘tdi. Unda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari o‘zaro munosabatlar, mamlakat chegarasidagi holatni muhokama qilgan.

Uchrashuv davomida Japarov 28-30 aprel kunlari ikki mamlakat chegarasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlarni yodgan oldi: «Alohida ta’kidlamoqchiman, ikki mamlakat ham bundan keyin qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Biz qardosh millatlarmiz, doim yaxshi qo‘shnichilik munosabatini o‘rnatganmiz», degan Qirg‘iziston prezidenti.


Aprel oyining oxirlarida Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgandi. Janglarda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Qirg‘iziston tomondan 36 kishi, Tojikistondan 19 kishi halok bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov Dushanbeda Imomali Rahmon bilan uchrashdi (foto)