09:30 / 02.07.2021
14 825

Rossiya O‘zbekistonga bir qator jinoyatlarda ayblanayotgan 4 kishini topshirdi


Rossiya O‘zbekistonga bir qator jinoyatlarni sodir etishda, jumladan, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasida ayblanayotgan 4 kishini topshirdi. Bu haqda Rossiya bosh prokuraturasida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, ushbu fuqarolar turli vaqtlarda Rossiya hududida qo‘lga olingan. «O‘zbekiston bosh prokuraturasi tomonidan ushbu shaxslarning topshirilishi bo‘yicha tegishli so‘rovlar tayyorlangan», deb ma’lum qilingan Rossiya bosh prokuraturasida.

Ushbu shaxslar O‘zbekistonga maxsus konvoy nazoratida yetkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya O‘zbekistonga bir qator jinoyatlarda ayblanayotgan 4 kishini topshirdi