10:39 / 02.07.2021
2 901

Nazarboyev Markaziy Osiyo mamlakatlarining birlashish istagi G‘arbga yoqmasligini aytdi


Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev «Portretga chizgilar» deb nomlangan hujjatli filmda tashqi kuchlar haqida fikr yuritdi.

«Bizning Markaziy Osiyo respublikalarini birlashtirish istagimiz G‘arbga yoqmaydi. Ular buni istamaydi. Ular bizni Rossiyadan ajratishni istaydi. Xitoyga qarshi shov-shuv esa – bu ham tashqaridan, uchinchi kuchlar tomonidan bo‘lyapti. Bizni Xitoy, Rossiya bilan teskari qilish uchun», dedi u.

Nazarboyev shuningdek, rossiyalik ayrim siyosatchilarning Qozog‘istonning shimoliy oblastlari haqidagi so‘zlariga ham izoh berdi.
«Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov Qozog‘istonga nisbatan hududiy da’volar bo‘lmagani va bo‘lmasligini aytib, bu masalaga nuqta qo‘ydi. Qolgan barcha savollar rasmiy ravishda berilishi kerak. Siyosatchilar har narsani gapiraveradi», dedi Qozog‘istonning birinchi prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev Markaziy Osiyo mamlakatlarining birlashish istagi G‘arbga yoqmasligini aytdi