00:35 / 06.07.2021
4 656

«Biz Tojikiston bilan chegaraning 70 foizdan ko‘prog‘ini egallab oldik. Bizda do‘stona davlat – Tojikiston bilan yaxshi munosabatlar bo‘ladi. Chegarada xavfsizlik o‘rnatiladi va hech qanday aralashuv bo‘lmaydi», deb aytgan Mujohid. «Kecha Badaxshonn


«Biz Tojikiston bilan chegaraning 70 foizdan ko‘prog‘ini egallab oldik. Bizda do‘stona davlat – Tojikiston bilan yaxshi munosabatlar bo‘ladi. Chegarada xavfsizlik o‘rnatiladi va hech qanday aralashuv bo‘lmaydi», deb aytgan Mujohid.

«Kecha Badaxshonning katta qismini egalladik va chegarada hukumat tomonida harakat qilganlar u yerdan qochdi. Natijada hudud bizning nazoratga o‘tdi. Ular bu hududlar ustidan nazoratni qo‘lga kirita olmaydi. Nazoratimizdagi hududlarda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam kuchlarimiz bor. Dastlab ular qarshilik ko‘rsata olishmadi, hozir esa umuman qo‘llaridan hech narsa kelmayapti. Yaxshisi, muloqot yo‘lidan borish, qolgan muammolarni esa muzokaralarda hal qilish lozim», deb qo‘shimcha qilgan «Tolibon» vakili.

«Mozori-Sharif toliblarga beriladimi-yo‘qmi, hozir ayta olmayman, biroq xavfsizlik nuqtayi nazaridan u yerdagi elchixonalar, konsulxonalar va xorijiy diplomatlar xavfsizligi ta’minlanadi va ular uchun hech qanday muammo bo‘lmaydi. Biz Mozori-Sharifda elchixonalari va konsulxonalari bor bo‘lgan davlatlar bilan aloqada bo‘lib turibmiz, ular bizga ishonch bildirmoqda», deb aytgan Mujohid.

Uning ta’kidlashicha, Afg‘oniston hukumati Qatarda o‘tayotgan muzokaralarni jiddiy qabul qilmayapti va ular davom etishini xohlamayapti.
«Muzokara olib boruvchi guruhimiz Qatarda qolmoqda va biz ular [hukumat] kelib, gaplashishini kutmoqdamiz. Afsuski, ularning muzokara olib boruvchi guruhidan 4-5 kishigina muzokaralarda qatnashdi, qolgan qismi esa Kobulda yoki yana boshqa joyda qolmoqda va muzokaralarga kelmadi. Vaholanki, ular muzokaralarda ishtirok etishga bir necha marta va’da berishgandi, biroq kelishmadi. Muzokaralar esa 2-3 kun oldin boshlanib bo‘ldi», deb ta’kidlab o‘tgan «Tolibon» vakili.

Mujohidning aytishicha, toliblar Moskvada Afg‘onistonaro muzokaralar o‘tkazish taklifi tushsa, uni ko‘rib chiqishga tayyorlar.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari va «Tolibon» jangarilari o‘rtasida to‘qnashuvlar bormoqda. Toliblar qishloq joylaridagi katta hududlarni egallab oldi va hozirda yirik shaharlarga yurishni amalga oshirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Biz Tojikiston bilan chegaraning 70 foizdan ko‘prog‘ini egallab oldik. Bizda do‘stona davlat – Tojikiston bilan yaxshi munosabatlar bo‘ladi. Chegarada xavfsizlik o‘rnatiladi va hech qanday aralashuv bo‘lmaydi», deb aytgan Mujohid. «Kecha Badaxshonn