21:55 / 07.07.2021
2 061

Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligiga qayta saylanish uchun o‘z nomzodini qo‘ydi


Foto: AP Photo
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublika rahbarligi saylovlarida qatnashish uchun o‘z nomzodini ilgari surdi. Bu haqda mintaqa saylov komissiyasining ma’lumotlariga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Men sizlarga xushxabarni yetkazishga shoshilyapman. Bugun, 6 iyul kuni Chechenistonning amaldagi rahbari, Rossiya Qahramoni Ramzan Axmatovich Qodirov 2021 yil 19 sentabrga belgilangan Checheniston Respublikasi rahbari sayloviga o‘z nomzodini qo‘ydi», — deya ma’lum qildi saylov komissiyasi rahbari Umar Bayxanov Instagram’da.

Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2007 yildan beri Chechenistonni boshqarib kelayotgan Qodirovni yana rahbarlik uchun nomzodini qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatlagandi.

«Unda (saylovda) qatnashish kerak», — degan Putin o‘shanda. Qodirov bunga javoban «sadoqatli piyoda askar» sifatida davlat rahbarining «har qanday buyrug‘ini bajarishga» tayyorligini bildirdi. Keyinchalik «Yagona Rossiya»ning Checheniston hududiy bo‘limi saylovlarda respublikaning amaldagi rahbarini nomzod qilib ko‘rsatdi.

Putin tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan so‘ng Qodirov Checheniston rahbari lavozimiga saylanishga rozi bo‘ldi. «Men prezidentimiz va jamiyatning xohish-istagini tingladim va saylovlarda qatnashishga rozilik berdim», — dedi u.

Qodirov Chechenistonni 2007 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 2016 yilda u respublika rahbarligiga qayta saylangan va 94,8 foiz saylovchi ishtirok etgan saylovlarda 97,56 foiz ovoz olib, g‘alaba qozongandi.
Chechenistonda saylovlar 2021 yil 19 sentabr kuni o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligiga qayta saylanish uchun o‘z nomzodini qo‘ydi