17:30 / 09.07.2021
3 112

Toliblar Tojikiston bilan chegarada o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi


«Tolibon» harakati Tojikiston  bilan chegaradagi Panj daryosidagi ko‘prikda o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«5 iyul kuni Afg‘oniston hukumat kuchlarining chegara postini egallagan toliblar Panj daryosi ustidagi ikki mamlakatni bog‘lovchi ko‘prikka, Tojikistonning «Tem» nazorat-o‘tkazuv punkti qarshisiga o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi»,— degan agentlik manbasi.

5 iyul kuni afg‘on chegarachilari chegara postini toliblarga jangsiz topshirgandi. 312 nafar chegarachi va harbiylar ko‘prik orqali Tojikiston hududiga qochib o‘tgan.

Avvalroq Tojikistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi vakili Hasan Sultonov Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani yanada mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy xizmatchini safarbar qilishini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Tojikiston bilan chegarada o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi