19:50 / 09.07.2021
2 830

Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegarada otishma sodir bo‘lganini ma’lum qildi


Tojikiston  davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi 8 iyul kuni to‘rt nafar  qirg‘iz chegarachisi chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda Aziya-Plyus xabar bermoqda.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, voqea So‘g‘d viloyatining Devashtich tumanidagi Rosrovut hududida sodir bo‘lgan. Otishma natijasida ikki nafar qirg‘izistonlik harbiy jarohatlangan.

«Qirg‘iz harbiylari aralash – fuqaro va harbiy libosda hamda o‘tochar qurol bilan qurollangan bo‘lgan. Ular 9 bosh otni Devashtich tumanidan Qirg‘iziston hududiga olib o‘tishga uringan», - deyiladi qo‘mita bayonotida.

Qayd etilishicha, qirg‘izistonlik chegarachilar to‘xtash to‘g‘risidagi buyruqqa bo‘ysunmagan va tojik chegarachilariga qarata o‘q uzgan. Javob tariqasida uzilgan o‘qdan ikki nafar qirg‘iz chegarachisi jarohatlangan.
Ikki mamlakat tegishli organlari voqea joyiga yetib kelgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralarida yashovchi aholi o‘rtasidagi nizo ikki davlat harbiylarining qurolli to‘qnashuviga aylanib ketgandi. To‘qnashuvlarda har ikki tomondan 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 300dan ortiq kishi jarohatlandi.
 
5 iyun kuni «Qoramiq» chegara uchastkasida Tojikiston va Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari Saymo‘min Yatimov va Qamchibek Toshiyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qo‘shinlarni chegaradan olib ketishga kelishib oldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegarada otishma sodir bo‘lganini ma’lum qildi