21:00 / 11.07.2021
2 551

Mutaxassis COVID-19ning alomatsiz kechishini izohladi

Mutaxassis COVID-19ning alomatsiz kechishini izohladi

Foto: «Vesti.az»
Koronavirus infeksiyasining og‘ir yoki alomatsiz o‘tishi inson genlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi, ammo kasallikning og‘ir kechishini aniqlash uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi, chunki o‘n minglab genlar mavjud. Bu haqda Novosibirsk davlat universitetining bionanotexnologiya, mikrobiologiya va virusologiya laboratoriya mudiri, RFA a’zosi, biologiya fanlari doktori Sergey Netesov «RIA Novosti»ga ma’lum qildi.

«Bu allaqachon shifokorlar va virusologlar tomonidan o‘rganilmoqda, ammo buni o‘rganish oson emas. Chunki bu odam (COVID-19 alomatsiz kechayotgan) tasodifan antitanaga tekshirgandan so‘ng kasal bo‘lmaganini bilasiz. Shu bilan birga, haqiqatan ham, yuqish vaqtini, infeksiya dozasini, hech nimani bilmaysiz. Buni o‘rganish juda mushkul», — dedi olim.

Netesovning so‘zlariga ko‘ra, turli odamlarda kasallikning turlicha kechish sababini tushunish uchun yillab bo‘lmasa-da, muayyan vaqt talab etiladi. Kasallikning alomatsiz kechish fenomeni o‘tgan yilning bahor va yoz oylarida kuzatilgandi, deya ta’kidladi olim. Yengil yoki alomatsiz kasal bo‘ladigan odamlarda qandaydir genetik xususiyatlar bo‘ladi.

«Gap shundaki, odam organizmida 30 mingga yaqin gen mavjud. Ularning aynan qaysi birida yoki qaysi birlarida kasallik og‘ir yoki yengil kechishiga ta’sir qiladigan bunday xususiyat borligini aniqlash kerak», — deya xulosa qildi Netesov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Mutaxassis COVID-19ning alomatsiz kechishini izohladi