15:06 / 12.07.2021
1 977

Chexiyada ayollar familiyalarini qo‘llashdan voz kechildi


Chexiyalik ayollar endilikda hujjatlarda o‘z familiyalari oxirida “ova” qo‘shimchasini qo‘llamasliklari mumkin. Respublikaning ish yuritish haqidagi qonunlariga bu boradagi tegishli tuzmatmalarni prezident Milosh Zeman imzoladi.

Novinky.cz nashrining xabar berishicha, bungacha Chexiyada ayollar familiyalari oxiriga “ova” qo‘shimchasi qo‘shib kelingan. Bu qoida xorijlik ayollar familiyalarini ko‘rsatishda ham qo‘llangan.

Misol uchun, Germaniya kansleri Angela Merkel Chexiyada “Merkelová”, amerikalik siyosatchi Xillari Klinton esa “Klintonová” deb aytilgan.

Ushbu qo‘shimchani faqatgina xorijiy fuqarolar bilan nikohda bo‘lgan va boshqa davlatda yashash huquqiga ega bo‘lgan chexiyalik ayollarga qo‘llamaslikka ruxsat berilgan.

Biroq tilshunoslar bu tuzatmaga qarshi chiqishmoqda. Ularning fikricha, ushbu qo‘shimchadan voz kechilishi hujjatlarda gap erkak yoki ayol haqida ketayotganini bilishda chalkashlikka olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiyada ayollar familiyalarini qo‘llashdan voz kechildi