Janubiy Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti olimlari fazoda bo‘lgan guruchdan ilk hosilni olishdi. Bu haqda Xitoy televideniyesi ma’lum qildi.
Xitoy 2020 yil 24 noyabrda Oyga “Chan’e-5” qurilmasini yuborgandi. Oyning ko‘rinuvchi tomoniga qo‘ngan qurilma Oyda tuproq namunalari yig‘ib, ularni Yerga yetkazgandi. Shu bilan birga, ushbu missiya davomida 40 gramm guruch koinot nurlanishi ta’siriga uchratilgan. Keyinroq ushbu guruch Xitoy janubida ekilib, hozirda undan birinchi hosil olindi.
Olimlar “fazoviy guruch” ilmiy tadqiqotlar uchun katta qiymatga egaligi sababli o‘z tajribalarini davom ettirishmoqchi ekanini ma’lum qilishgan. Ularning ta’kidlashicha, koinot ta’siriga uchragan guruch donlari yangi serhosil va sifatli navlarni olishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi