10:42 / 14.07.2021
1 910

2008 yildan beri 12 nafar o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyada «oltin viza» olgani ma’lum bo‘ldi


Foto: iPress
2008 yildan 2020 yilgacha O‘zbekistonning 12 vakili Buyuk Britaniyada yashash huquqini beruvchi «oltin viza»ga ega bo‘lgan. Bu haqda Corruption Spotlight korrupsiyaga qarshi tashkilotning hisobotida keltirilgan, deb xabar beradi Spot.

Ushbu viza investorlarga investitsiya evaziga mamlakatda rezident maqomini olish imkoniyatini beradi. Bir necha yildan so‘ng, qoida tariqasida, investor fuqarolikka murojaat qilishi mumkin. «Oltin viza» narxi taxminan 2 million funt sterlingni tashkil qiladi.

So‘nggi 12 yil ichida olingan «oltin vizalar»ning aksariyati Xitoy (4106), Rossiya (2526), Gonkong (692), AQSH (685), Pokiston (283) va Qozog‘iston (278), Hindiston (254) hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Bular aynan kim ekani to‘g‘risida xabar berilmagan, ammo hisobotda qozog‘istonlik tadbirkor Madiyar Ablyazov va Ozarbayjon prezidentining amakivachchasi Izzat Javadov qayd etilgan.

Hozirda ushbu davr oralig‘ida berilgan barcha «oltin vizalar» Ichki ishlar vazirligi tomonidan milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirishi mumkinligi yuzasidan tekshirilmoqda.

Spotlight On Corruption ushbu mexanizm Buyuk Britaniya uchun milliy xavfsizlik, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish uchun katta xavf tug‘diradi, deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2008 yildan beri 12 nafar o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyada «oltin viza» olgani ma’lum bo‘ldi