16:50 / 15.07.2021
2 590

Ikki kun ichida 347 nafar etnik qirg‘iz Afg‘onistondan Tojikistonga qochib o‘tdi


Foto: Central Asia
So‘nggi ikki kun ichida Afg‘onistonda yashovchi 347 nafar etnik qirg‘iz «Tolibon»dan qochib, Tojikiston hududiga o‘tdi. Bu haqda Tojikiston chegara qo‘shinlari matbuot markaziga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Qochqinlarning barchasi Afg‘onistonning Badaxshon viloyati, Vaxon tumanidagi Andemin qishlog‘i aholisi. Ular Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati (respublikaning sharqi) hududiga o‘tgan.

«Davlat chegarasini kesib o‘tishda ikki go‘dak vafot etgan. Tojikiston chegarachilari insonparvarlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyilini inobatga olgan holda afg‘on qochqinlariga Tojikiston respublikasi hududiga kirishga ruxsat berdi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Afg‘oniston fuqarolaridan 3,5 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar topilgani va olib qo‘yilgani qayd etilgan.
13 iyul kuni Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Vaxon tumanida yashovchi 77 nafar fuqaro «Tolibon» ta’qibidan qochib, Tojikiston hududiga o‘tgani xabar qilingandi.

Ta’kidlanishicha, qochqinlar o‘zlari bilan chorva mollarini ham olib kelgan. Xususan, ular 1000 bosh mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlar, 300 qo‘tos, 3 tuya va 30 ot haydab kelgan.

Afg‘oniston birinchi vitse-prezidenti Amrulla Solih Badaxshon viloyati aholisining qo‘shni Tojikistonga qochib ketishiga izoh berar ekan, «Tolibon’ Badaxshon Pomiridan o‘nlab oilalarni quvib chiqargan» dedi.

«Ularni ‘Tolibon’ islom dinini qabul qilishga yoki ketishga majbur qilmoqda. Bu aholi asrlar davomida shu yerda yashab, qiyinchiliklardan omon qolgan va hududni tark etmagan qirg‘izlardir. Endi ular o‘z taqdirlarini kutib, Tojikistonda o‘tiribdi», — deb yozgan Amrulla Solih ijtimoiy tarmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki kun ichida 347 nafar etnik qirg‘iz Afg‘onistondan Tojikistonga qochib o‘tdi