18:39 / 16.07.2021
2 734

Germaniyada toshqin qurbonlari soni keskin ko‘paydi


Foto: «Zv.zp.ua»
Germaniyaning g‘arbiy qismida toshqin tufayli halok bo‘lganlar soni 93 kishiga yetdi. Bu haqda hukumat hisob-kitoblariga tayanib dpa agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq nemis matbuoti 81 kishi vafot etgani haqida ma’lum qilgandi. 1,3 mingdan ortiq odam bedarak ketgan.
Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida 43 kishi halok bo‘ldi — avvalroq 30 kishi olamdan o‘tgani ma’lum edi.

Bundan tashqari, mamlakatning g‘arbiy qismida Erftshtadt shahri yaqinida uylar qulab tushgan, qurbonlar mavjud.
Mamlakat kansleri Angela Merkel ta’kidlaganidek, fojianing yakuniy ko‘lami yaqin kunlarda aniq bo‘ladi. Shuningdek, u yaqinlarini yo‘qotganlarga hamdardlik bildirdi.

Mamlakat vitse-kansleri Olaf Shols tabiiy ofatni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda.
Germaniyada dushanba kunidan beri yomg‘ir tingani yo‘q. Bu esa Yevropaning g‘arbiy qismida tashkil etilgan «Bernd» sikloniga sabab bo‘lgan. Ob-havo sharoiti g‘arbiy va janubi-g‘arbiy mintaqalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. U yerda daryolar, shu jumladan, Reyn daryolar qirg‘og‘idan toshib, ko‘chalarni suv bosgan.

Suv toshgan yo‘llar va buzilgan ko‘priklar tufayli ba’zi aholi punktlariga yetib borish imkonsiz. Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning beshta tumanida evakuatsiya ishlari olib borilmoqda, chunki to‘g‘on buzilishi xavfi mavjud. Mahalliy daryo toshib ketganidan so‘ng 350 ga yaqin odam Trirdan olib chiqildi. Reyn-Erft okrugida favqulodda holat e’lon qilindi.
Toshqinlar nafaqat Germaniyada, balki Belgiya va Niderlandiyada ham sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada toshqin qurbonlari soni keskin ko‘paydi