11:57 / 17.07.2021
13 229

BAAda sun’iy ravishda yomg‘ir chaqirilmoqda (video)


Kadr: Twitter
Birlashgan Arab Amirliklarida issiq kunda sun’iy ravishda yomg‘ir chaqirilmoqda, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ma’lum qilinishicha, NCM samolyotlar yil davomida bulutlarni to‘plash bilan shug‘ullanmoqda va joriy yoz ushbu davrda hech qachon yomg‘ir yog‘maydi degan keng tarqalgan fikrga qaramay harakat qilishmoqda.

Shuningdek, sinoptiklarning ta’kidlashicha, BAAda bulutlarni yig‘ish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus tajribadan so‘ng, yozda yomg‘ir yog‘gan.

Shu bilan birga, yomg‘ir yog‘ishiga Ummondagi Xarif nomi bilan mashhur tabiat hodisasi ham sababchi bo‘lgan. Bu Adan ko‘rfazining janubiy qirg‘og‘ida kuzatiladigan yozgi musson bo‘lib, u Ummon va Dubayning sharqiy sahrolariga namlik olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning martida Birlashgan Arab Amirliklarida ob-havoga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usuli tajribadan o‘tkazilgan edi. Britaniyalik tadqiqotchilar guruhi bortiga ionlashtiruvchi moslamalar o‘rnatilgan maxsus dronlarni havoga uchirgan.

Ma’lumot uchun, BAAning yomg‘irni kuchaytirish bo‘yicha tadqiqot dasturi (UAEREP — The UAE Research Program for Rain Enhancement Science) 2015 yilda boshlangan. Uning asosi sun’iy yomg‘ir bo‘yicha AQSH Atmosferani tadqiq qilish milliy markazi (NCAR), Vitvatersrand universiteti (Witwatersrand University, BAA) va NASA qatnashgan muvaffaqiyatli milliy loyihalar bo‘ldi.

Birinchi bosqichda UAEREP besh nafar ishtirokchiga mukofot sifatida 5 million dollarlik grant taklif qildi. Reding universiteti tadqiqotchilarining yuqoridagi loyiha dasturi ikkinchi siklning bir qismi edi. 2018 yilda yo‘lga qo‘yilgan uchinchi sikli ham bitta sovrin taklif qildi va bunda boshqalar qatori rossiyalik mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda sun’iy ravishda yomg‘ir chaqirilmoqda (video)