12:30 / 17.07.2021
1 890

«Garri va Megan: saroydan qochish» filmining treyleri taqdim etildi


Kadr: YouTube / @Lifetime
Lifetime telekanali Sasseks gersogi va gersoginiyasining tarixi haqida so‘zlovchi «Garri va Megan: saroydan qochish» nomli filmining treylerini taqdim etdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, Megan Markl rolini amerikalik aktrisa Sidni Morton, shahzoda Garrini esa Jordan Din ijro etgan.
Ulardan tashqari, shuningdek, filmda shahzoda Uilyam (Jordan Uelen ijrosida) uning rafiqasi Keyt Middlton (Laura Mitchell ijrosida) ham ko‘rinish beradi.

Film syujeti Garri va Meganning qirollik oilasidan ketishiga bog‘liq mojaroli voqeaga asoslangan.
Eslatib o‘tamiz, shahzoda Garri va Megan Markl 2020 yilning 31 martida rasman qirollik maqomidan mahrum bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Garri va Megan: saroydan qochish» filmining treyleri taqdim etildi