09:49 / 18.07.2021
2 227

Jo Bayden ma’muriyati 2,5 ming afg‘onistonlikni AQSHga evakuatsiya qilmoqchi


Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Amerika hukumati bilan hamkorlik qilgan 2500 afg‘onistonlik va ularning oilalarini AQSHga ko‘chirishni rejalashtirgan. Bu haqda NBC News Oq uydagi manbalariga asoslanib, xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Vashington 10 ming afg‘onistonlikni AQSHning xorijdagi harbiy bazalariga yoki uchinchi mamlakatlarga yubormoqchi. Ular Qo‘shma Shtatlarga immigratsiya uchun topshirgan hujjatlari rasmiylashtirilgunga qadar o‘sha hududlarda bo‘lib turadi.

AQSH harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqish boshlangandan buyon huquq himoyachilari Bayden ma’muriyatidan AQSH armiyasiga yordam bergan afg‘onlarni himoya qilish choralarini ko‘rishni talab qilib kelmoqda. Oq uyning rejalariga ko‘ra, qochqinlarning birinchi guruhi iyul oyi oxirida evakuatsiya qilinadi.

AQSH ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlariga yordam bergan, shu jumladan tarjimonlik qilgan 18 mingga yaqin afg‘onistonlik va yana ularning 53 ming oila a’zolari AQSHdan immigratsion viza olishga umid qilmoqda. Biroq bu juda uzoq jarayon, shuning uchun ularni evakuatsiya qilishga qaror qilingan.

Amerikalik huquq faollari va qonunchilar Bayden ma’muriyatini ushbu afg‘onlarni Tinch okeanidagi AQSHga qarashli Guam oroliga jo‘natishga chaqirmoqda. The New York Times gazetasi ilgari yozganidek, Afg‘oniston hududidan evakuatsiya qilish AQSH vizasini olish uchun berilgan arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida imtiyoz bermaydi, shuningdek, agar arizalar rad etilsa, bu odamlar o‘z vataniga deportatsiya qilinmasligiga ham kafolat bermaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden ma’muriyati 2,5 ming afg‘onistonlikni AQSHga evakuatsiya qilmoqchi