20:30 / 18.07.2021
3 624

Ruminiyada tuman tushishi oqibatida 55 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)


Videodan kadr
Ruminiyada ketma-ket yo‘l-transport hodisalari yuz berdi, jami 55 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi, deb xabar bermoqda Euronews. 17 kishi, shu jumladan, besh nafar bola jabrlandi.

Ayni paytda ketma-ket YTHlarni keltirib chiqargan holat aniqlashtirilmoqda.

Mahalliy politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, avariya quyuq tuman sharoitida yuz bergan, shu sababli to‘qnashuv paytida yo‘l yaxshi ko‘rinmagan, ko‘rish mumkin bo‘lgan masofa 50 metrdan oshmagan.

YTHlar ketma-ketligi Buxarest—Konstansa trassasida sodir bo‘ldi. Politsiya yo‘lning 3 km qismini to‘sib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruminiyada tuman tushishi oqibatida 55 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)