19:00 / 19.07.2021
5 646

Xitoylik olimlar koronavirusning kelib chiqishini o‘rgandi


Foto: Getty Images
Xitoylik olimlar SARS-CoV-2 virusining sun’iy kelib chiqishini ehtimoldan yiroq deb biladi. Bu haqda Science China Life Sciences jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot natijalariga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Tadqiqotga mamlakatdagi universitetlar va kasalxonalarda ishlaydigan 20 dan ortiq olimlar jalb qilingan. Ularning xulosasiga ko‘ra, pandemiyani keltirib chiqargan koronavirus insoniyat populyatsiyasiga tezda moslasha oldi. Shu bilan birga, moslashuvchanlik qobiliyati evolyutsiyasi tabiiy tanlanish bilan bog‘liq bosqichma-bosqich davom etadigan ko‘p bosqichli jarayondir.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, «vaqt o‘tishi bilan ko‘plab tasodifiy mutatsiyalar» natijasida atrof muhitga mukammal moslashgan virus tabiiy tanlanishning mahsuli bo‘lishi kerak.

Mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 kelib chiqishining to‘rtta ehtimoliy versiyasini taqdim etgandi. Tashkilot koronavirusni ko‘rshapalaklardan vositachi hayvon orqali odamlarga yuqish ehtimoli yuqori deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, JSST virusning Uxan shahridagi laboratoriyadan tarqalishi ehtimolini «juda kam» deb baholagan.
COVID-19’ning sun’iy kelib chiqishi versiyasi AQSHda bir necha bor ilgari surilgan. Xususan, sobiq prezident Donald Tramp razvedka xizmatlarida virus Uxandagi laboratoriyadan sizib chiqqani to‘g‘risida yetarli dalillar mavjudligini ta’kidlagan. Biroq maxsus xizmatlar bunga bevosita dalillari yo‘qligini bildirgan.

May va iyun oylarida esa Amerika ommaviy axborot vositalarida koronavirus Uxan shahridagi laboratoriyada yaratilganidan dalolat beruvchi belgilar haqida materiallar paydo bo‘la boshladi.

Shuningdek, britaniyalik va norvegiyalik olimlar Angus Dalglish va Birger Syorensen COVID-19 odamlar tomonidan yaratilganiga oid dalillar borligini aytdi. Ularning fikriga ko‘ra, COVID-19 laboratoriyada yaratilgan, shundan so‘ng xitoylik olimlar «izlarni yashirish uchun» virusning ko‘rshapalaklardan kelib chiqqani to‘g‘risidagi versiyani ilgari surgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik olimlar koronavirusning kelib chiqishini o‘rgandi