23:43 / 19.07.2021
2 512

AQSHda estakadaga urilgan yuk mashinasi uni deyarli 2 metrga siljitib yubordi


Foto: Georgia DOT
AQSHning Jorjiya shtatida yuk mashinasi ko‘tarilgan tirkamasi bilan estakadaga urilib, uni ikki metrga siljitib yubordi. Endilikda estakadani buzib tashlab, qaytadan qurishga to‘g‘ri keladi — konstruksiyani ta’mirlashning imkoni yo‘q. Hozircha esa magistral ikkala yo‘nalish bo‘yicha to‘liq yopilgan, haydovchilar o‘nlab kilometrli aylanma yo‘ldan harakatlanishga majbur, deb xabar beradi Motor.

Katta samosval-yarim tirkamali yuk mashinasi tungi soat 03:00 da Jorjiya shtatining I-16 avtomagistralidagi shtatlararo estakadaga kelib urilgan. Yarim tirkamaning kuzovi ko‘tarilgan bo‘lgani sabab u estakadaga kelib urilgan. Zarba shu qadar kuchli bo‘lganidan estakada 1830 millimetr yonga siljib ketgan. Yuk mashinasi kuzovi ko‘tarilgan holda butun yo‘l bo‘ylab harakatlanganmi yoki u keyinchalik ko‘tarilganmi noma’lum. Tirkamani qayta tiklab bo‘lmaydi, mashinaga esa deyarli hech narsa qilmagan — xuddi haydovchi kabi. Avariya oqibatida 16-avtomagistral bo‘ylab harakat to‘liq yopilgan.

Estakada Savanna va Meykon shaharlari orasidagi yo‘lning taxminan o‘rtasida joylashgan. Jorjiya shtati Transport departamenti komissari Rasel Makmerrining ma’lum qilishicha, magistralni qayta ochishning eng tez yo‘li — estakadani buzib tashlab, qaytadan qurish. Buzish ishlari 21 iyulga sanasiga rejalashtirilgan, yangi estakada qachon qurilishi esa hozircha aniq emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda estakadaga urilgan yuk mashinasi uni deyarli 2 metrga siljitib yubordi