12:30 / 21.07.2021
913

Dunyoning eng boy odami – Jeff Bezos koinotda bo‘lib qaytdi

Dunyoning eng boy odami – Jeff Bezos koinotda bo‘lib qaytdi

Foto: Blue Origin
Bortida milliarder, Amazon asoschisi Jeff Bezos va yana uch nafar odam bo‘lgan New Shepard havo kemasi kosmosga chiqib muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda «RBK» xabar bergan.

«Kapsula muvaffaqiyatli qo‘ndi! O‘z uyingga xush kelibsan, New Shepard ekipaji. Bugun haqiqatan ham tarixiy kun», — deyilgan havo kemasini ishlab chiqqan Blue Origin kompaniyasining xabarnomasida.

Foto: Blue Origin
New Shepard kapsulasi kosmodromdan uchgach taxminan 350 ming funt masofani bosib o‘tdi, Yer atmosferasini fazodan ajratib turuvchi Karmana chizig‘idan (Yerdan 100 kilometr uzoqlikda) o‘zgan holda koinotga chiqdi. Parvoz taxminan 11 daqiqa davom etgan.

Foto: Blue Origin
Parashyutlarda Yerga qaytib tushgan kapsula, muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirganidan keyin Bezos kemaga yaqinlashganlarga illyuminator orqali bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘targan holda hammasi zo‘r ekanini tushuntirgan va bir necha daqiqadan keyin kapsuladan tashqariga chiqqan. Bezosdan keyin kemadagi boshqa yo‘lovchilar, uning ukasi Mark, AQSH Federal aviatsion boshqarmasi birinchi ayol inspektori Uolli Frank va 18 yoshli Oliver Deymen ham kapsuladan tashqariga chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boy odami – Jeff Bezos koinotda bo‘lib qaytdi